Maguayr va Kavani PSJ bilan o'ynamaydi

19 okt 2020, 19:48
"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr va hujumchi Edinson Kavani "Pari Sen-Jermen"ga qarshi YCHL guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida ishtirok etmaydi, deb yozadi Manchester Evening News.

Manbaga ko'ra, mazkur futbolchilar "Yunayted"ning Parijga uchgan futbolchilari orasida bo'lishmagan.

Kavani kecha 14 kunlik karantindan keyin MYU bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Maguayr ham PSJ bilan o'yinga tayyor emasligi aytilmoqda.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" tarkibida jarohatini davolayotgan Meyson Grinvud ham yo'q.

Ma'lumot uchun, MYU va PSJ o'rtasidagi uchrashuv ertaga o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:59 da start olishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News