Maguayr: "Og'riqli kecha bo'ldi"

Mirjalol Normatov
11 dek 2022, 15:49
Angliya termasi himoyachisi Xarri Maguayr milliy jamoaning JCH-2022dagi ishtiroki haqida gapirdi.

Kecha Garet Sautgeyt shogirdlari chorak finalda Fransiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

"Og'riqli tun bo'ldi. Ichim bo'm-bo'shdek. Barchadan minnatdorman. Ayniqsa, menga ishongan Garet Sautgeyt hamda Siz muxlislardan.

O'z vatanimni sevaman. Umid qilamanki, biz orqali barcha g'ururlandi", - dedi Maguayr.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal