Madrid grandlari "Seltik" futbolchisi uchun kurashadi

Alisher
1 iyun 2020, 17:14
"Seltik" himoyachisi Kristoffer Ayer ispan klublarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

O'yinchi "Seltik" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas va shu sabab yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

Norvegiyalik himoyachi joriy mavsum 49ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Lester" Kristoffer Ayerga 20 million evro taklif qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo