Madhiya paytida boshini qashigan futbolchi diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2018, 13:35
"Shandun Lunen" hujumchisi Diego Tardelli Xitoy futbol federatsiyasi tomonidan jazolandi.

"Shanxay SIPG"ga qarshi Xitoy Superligasining 27-tur uchrashuvidan oldin mamlakat madhiyasi yangradi. Braziliyalik futbolchi esa bu vaqtda boshini qashidi. Federatsiya bu holat uchun forvardni bir o'yinga diskvalifikaciya qildi.

Joriy mavsum Tardelli Xitoy Superligasining 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com