Maccari: "Sent-Etenda "Inter" jamoaviy o'yin ko'rsatdi"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2014, 16:18
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Valter Maccari "Sent-Eten"ga qarshi uchrashuvda (1:1) o'z jamoasining o'yinidan ko'ngli to'ldi.

"Bu o'yin bilan faxrlanaman. Birinchi bo'limda ajoyib futbol namoyish etdik. Biz yutishimiz kerak edi, ammo jarohat olgan futbolchilar tufayli bizga kuch yetishmadi. Umuman olganda, bugun "Inter" jamoaviy o'yin ko'rsatdi" - deydi Maccari.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com