Lyupche Doriev - O'zbekiston chempionati tarixida xet-trik qayd etgan ikkinchi makedoniyalik futbolchi

Narzulla Saydullayev
27 may 2024, 11:39
Kecha Superliganing 9-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Jizzax klubi 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Mezbonlar safida shimoliy makedoniyalik Lyupche Doriev 11,39 va 42-daqiqalarda uchta gol urib, xet-trik rasmiylashtirdi.

Doriev O'zbekiston chempionatlari tarixida xet-trik qayd etgan ikkinchi makedoniyalik futbolchiga aylandi. Bunga qadar "Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi Stevica Ristich 2010 yilgi mavsumda "Nasaf" bilan bahsda uchta gol urgandi.

Ma'lumot uchun, Doriev bu mavsum Superligada 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi. Ayni paytda u "Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadze bilan birgalikda to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia