Lyov "Real"da Anchelottining o'rnini egallashi mumkin

Alisher
13 apr 2022, 17:17
Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'rnini egallashi mumkin.

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres italiyalikni iste'foga chiqarmoqchi va nemisni tayinlamoqchi.

62 yoshli Lyov o'tgan yili terma jamoani tark etdi. U Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilda Braziliyada o'tgan JCHda g'olib chiqqan.

Oldinroq, Lyov 1998-99 yillarda ishlagan "Fenerbaxche"ga qaytishi mumkinligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional