Lyov JCH-2018da qaysi jamoa yetakchi bo'lishini aytdi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2018, 17:12
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Ikki jamoa ham yaxshi o'ynadi. Ikki jamoa ham hujum qilishni va pressing uyushtirishni istadi. Ma'lum bir vaqt ichida ular bizga muammo tug'dirishdi, ammo tavakkal qildik va bundan ijobiy xulosa chiqara olaman. O'yinmiz saviyasidan mamnunman. Jahon chempionatida g'alabani oson qo'lga kiritishni istayotganlar adashishadi. Ispaniya va uning klublari Yevropada yuqori darajada o'yin ko'rsatishmoqda. Terma jamoa futbolchilari anchadan beri birga o'ynashmoqda. JCH-2018da Ispaniya terma jamoasi yetakchilardan biri bo'ladi" - deydi Lyov.

JCH-2018da Ispaniya Portugaliya, Marokash va Eron bilan, Germaniya esa Meksika, Shvetsiya hamda Janubiy Koreya bilan bir guruhda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana