Lutfulla To'raev: "Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana ololmadik"

4 mar 2018, 20:11
Kecha Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing 1-tur uchrashuvini Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Ushbu bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi, 1:1. Qiziqarli kechgan o'yindan so'ng AGMK futbolchisi Lutfulla To'raev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Chempionatdagi birinchi uchrashuvni "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'tkazdik. Ushbu bahs juda ham qiyin bo'ldi. Ushbu o'yinga a'lo darajada tayyorgarlik ko'rgan edik. 1:0 hisobida oldinda borayotib yana gol urishimiz uchun 3ta qulay vaziyat yaratgandik, afsuski bundan unumli foydalana ololmadik. Bu bahsni esimizdan chiqarib keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvga himoyaviy o'yin ko'rsatib, qarshi hujumga o'tish taktikasini tanlagan edik", - deydi Lutfulla To'raev


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia