Lutfulla To'raev Bunyodkor bilan shartnomasini uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2020, 12:54
Tajribali yarim himoyachi yangi mavsumda ham Bunyodkor libosida to'p tepadi.

Ortda qolgan mavsumda jamoaning yuragiga aylanib, yosh futbolchilarni o'z ortidan ergashtira olgan, maydonda haqiqiy yetakchilik qanday bo'lishini ko'rsatgan tajribali yarim himoyachi Lutfulla To'raev Bunyodkor bilan shartnomani uzaytirdi.

O'ylaymizki, futbolchi 2020 yilgi mavsumda ham jamoaning yetakchisi, qalqoni bo'ladi va Osiyo Chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati hamda Kubogi bahslarida o'z tajribasi bilan Bunyodkorga yordam beradi, - deb yozadi klub matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com