Lukash Pishchek 19 noyabr kuni terma jamoada xayrlashuv uchrashuvini o'tkazadi

U Polsha terma jamoasi safida so'nggi uchrashuvida maydonga tushadi.

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Lukash Pishchek terma jamoa yig'iniga jo'nab ketgan. U 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin Polsha terma jamoasi safidagi faoliyatini yakunlamoqchi ekanligi to'g'risida e'lon qilgandi. 19 noyabr kuni o'tkaziladigan Evro-2020 saralash bosqichi doirasidagi Sloveniya terma jamoasiga qarshi uchrashuv Pishchek uchun terma jamoa libosidagi so'nggisi bo'ladi. Bu haqida "Borussiya" klubining rasmiy sayti xabar berdi.


Manba: bvb.de