Lukas Torreyra Italiyaga qaytishi mumkin

14 noya 2020, 22:31
Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar tarqatdi.

Ijara asosida "Atletiko" (Madrid)da to'p tepayotgan "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini A Seriyada davom ettirishi kutilmoqda. 24 yoshli futbolchiga "Torino" klubi rahbariyati jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Urugvaylik o'yinchi uchun Italiya begona emas. Torreyra muqaddam "Peskara" va "Sampdoriya" jamoalari sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttospor