Lukakuning dubli "Inter"ga g'alaba keltirdi

3 noya 2019, 02:39
Milanning "Inter" klubi Italiya chempionatining 11-turida "Bolonya"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuv taqdirini Romelu Lukaku tomonidan 75 va 92-daqiqalarda kiritilgan gollar hal qildi. Belgiyalik hujumchi "neradzurrilar"ning so'nggi 5 o'yinida 6 marta gol urgani e'tiborga molikdir.

Eslatib o'tamiz, "Inter" musobaqa jadvalida Turinning "Yuventus" klubidan keyin 2-o'rinda bormoqda.  

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia