

Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" sport direktori Jovanni Manna va Lukakuning vakili Sebasten Ledyur o'rtasidagi muzokaralar mart oyida bo'lgan. O'shanda futbolchi "byankoneri"ning taklifini qabul qilishga tayyorligini, biroq mavsum tugashi kerakligini aytgan.
Lukaku va "Yuve" 12 iyun kuni, yani, YCHL finalidan 2 kun o'tib, kelishuvga erishgani borasida ma'lumotlar bor. Bunga asosiy sabab sifatida Lukakuning finalda asosiy tarkibga kirmagani keltirilgan. Bu futbolchining jaxlini chiqargan.



