Lukaku "Inter"dan uni "Chelsi"ga sotishlarini so'radi

Alisher
5 avg 2021
Forvard Romelu Lukaku Londonning "Chelsi" klubiga qaytmoqchi.

28 yoshli hujumchi Milanning "Inter" klubi rahbariyatiga uni Angliya klubiga qo'yib yuborishlarini so'rab murojaat qildi.

Romelu "aristokratlar" bilan muzokaralar olib borgan va 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Londonliklar "neradzurrilar" bilan transfer narxi borasida kelishishlari qoldi.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasida 24ta gol va 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports