Lukaku: "Ikkinchi imkoniyat uchun Mourinyodan minnatdorman"

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 15:18
"Everton" hujumchisi Romelu Lukaku "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida fikr bildirdi va "Chelsi"da birga ishlagan Joze Mourinyo bilan yana hamkorlik qilishidan xursandligini aytdi.

"10 yoshimdan beri Mourinyo qo'l ostida o'ynashni istayman. Shu sababli yana u bilan ishlash imkoniyatidan xursand bo'laman. Biz Joze bilan suhbatlashdik va u mendan nima istayotganini tushuntirib berdi.

Ilk marotaba uni uchratganimda, yosh bola edim. O'yin amaliyotiga ega bo'lishim uchun u meni "Chelsi"dan qo'yib yubordi. Hozir 24 yoshdaman. Joze katta bo'lganimni tushundi. Ikkinchi imkoniyat uchun Mourinyodan minnatdorman" - deydi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN