Luka Yovich 10 ta gol bilan Yevropa Ligasidagi ishtirokini yakunladi
10 may 2019, 08:55
Yevropa Ligasi yarim finalining javob bahsida “Ayntraxt F” hujumchisi Luka Yovich “Chelsi” darvozasini ishg'ol qildi.
Bu Yovichning joriy musobaqadagi 10-goli bo'ldi. Natijada serbiyalik hujumchi to'purarlar bahsida 10 tadan gol urgan Olive Jiru (“Chelsi”) hamda Vissam Ben-Yedder (“Sevilya”)ga yetib oldi. Ulardan faqat Jiru musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi.