Luka Toni "Sassuolo"ga qarshi o'ynay olmaydi

Tolibjon Qosimov
13 sen 2013, 16:14
"Verona" hujumchisi Luka Toni Italiya chempionatining uchinchi turidan o'rin olgan "Sassuolo"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Football Italia nashrining xabariga ko'ra, 36 yoshli futbolchi bu haftada bo'lib o'tgan mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. So'nggi kunlarda u oyog'idagi og'riq tufayli faqat tiklanish mashqlarini amalga oshirgan.

Toni "Verona"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Italiya A seriyasida "Milan"ga qarshi o'yinda (2:1) dublga erishgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru