Luka Modrich: Barselonaga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak

Narzulla Saydullayev
17 mar 2015, 07:43
Real yarim himoyachisi Luka Modrich Levantega qarshi o'yindan so'ng Barselonaga qarshi bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Menimcha yomon o'ynamadik, ayniqsa birinchi bo'limda. G'alaba qozonish muhim edi.

Bu uchrashuv Barselonaga qarshi bahsdan oldin yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. Kataloniyaliklar to'pni o'zlarida yaxshi ushlab turishadi, shu bois faqat o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz talab etiladi, - deydi Modrich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru