Luish Figu: “Hech qaysi klub Messining tovon pulini to'lay olmaydi”

25 avg 2020, 08:16
“Barselona” va “Real” klubi sobiq a'zosi Luish Figu kataloniyaliklar yetakchisining jamoadan ketishi haqida gapirdi.

“Messi “Barselona”dan ketadimi? Bu yozda aniq kyetmaydi. O'zimdan kelib chiqib aytaman: agar futbolchi qolishni istamasa, u aniq ketadi. Ayni damda hech bir klub Messining tovon pulini to'lay olmaydi. Bunga 100 foiz aminman”, - deydi Figu.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messining “Barselona” bilan shartnomasida uning tovon puli 700 mln evro ekanligi ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca