Luis Suares yozda "Atletiko"dan ketmoqchi

Alisher
25 apr 2022, 15:18
Hujumchi Luis Suares yozda "Atletiko"dan ketadi.

Zaxira o'yinchisi bo'lib qolgan futbolchi mavsum so'nggida Madrid klubidan erkin agent maqomida ketadi.

O'yinchiga "Fenerbaxche" va "Inter Mayami" qiziqish bildirmoqda.

35 yoshli futbolchi "Atletiko" tarkibida 2020 yilning yozidan beri o'ynaydi, u "Barselona" 7 mln evro evaziga o'tgan. Hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario AS