Luis Suares: “Real”ning Chempionlari Ligasidagi ketma-ket g'alabasi bizni bezovta qiladi

6 sen 2018, 07:30
“Barselona”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares jamoa a'zolari “Real”ning YCHLdagi ketma-ket g'alabalaridan zarar ko'rganligini tan oldi.

“Chempionlar Ligasidagi vaziyat biz uchun o'ta og'ir. Biz Ispaniya ichida ko'plab sovrinlarga ega bo'ldik, biroq “Real” YCHLni ketma-ket 3 marta yutdi. Bu tarixiy voqea esa bizni bezovta qiladi. Bu g'alaba qozonish mumkin bo'lgan o'ta qiyin musobaqa. Bu yerda g'alaba qozonish uchun esa jamoaviy harakat qilish lozim. Hammasini Messining yolg'iz o'zi qila olishini kutish adolatsizlik. Uning qobiliyatiga qaramasdan, u ham bizning yordamimizga muhtoj. Messi hozir har qachongidan ham motivaciyaga to'la. Endi u bizning sardorimiz, shunday ekan u kuboklarni boshi uzra ko'tarishni istaydi”,-deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Espana