Luis Suares faoliyatini "Barselona"da yakunlamoqchi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2019, 17:02
"Barselona" hujumchisi Luis Suares faoliyatini Kataloniya klubida yakunlamoqchi ekanligini aytdi.

Urugvaylik 2014 yilda "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan edi. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum LaLiganing 19ta uchrashuvida 15ta gol urdi.

"Faoliyatimni shu yerda yakunlasam xursand bo'lardim. Bu amalga oshishiga hamma ishonmaydi, ammo bu hammaning orzusi" - deydi forvard.

Suares Kataloniya klubi safida 167ta gol urgan. Klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida urugvaylikdan Xosep Samiter (184ta gol), Ladislav Kubala (194ta gol), Sesar Rodriges (232ta gol) va Lionel Messi (574ta gol) tepada.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es