Luis Suares: Bu lahzalardan rohatlansak bo'ladi

21 iyun 2018, 09:05
Luis Suares Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yin o'ta qiyin o'tdi. Natija biroz hayron qoldirdi ammo bu Jahon chempionati. Biz maydonga tushar ekanmiz gol urishga harakat qilamiz. O'zimiz xohlagandek, o'ynay olmadik, ammo natijaga erishish biz uchun muhim edi. Biz 3 ta Jahon chempionatida keyingi bosqichiga ketma-ket chiqayotganimizdan g'ururlansak bo'ladi. Va bu lahzalardan rohatlanishimiz mumkin”,-dedi Suares.

O'xshash yangiliklar


Manba: TASS