Luis Fernandes: "Pogba "Real" yoki "Barselona"da o'ynamoqchi"

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2015, 21:45
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini Ispaniyada davom ettirmoqchi.

Bu haqda PSJ sobiq bosh murabbiyi Luis Fernandes ta'kidladi.

"Pogba kelajagi bor futbolchi. U bilan uch-to'rt hafta oldin suhbatlashgan edim va Pol Primeroda o'ynash niyati borligini aytdi. U "Barselona" yoki "Real"da o'ynamoqchi, chunki sovrin yutmoqchi. Ammo Pogba "Manchester Siti"da ham to'p tepishi mumkin" - deydi Fernandes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com