Luis Enrike: "Xavi bolaligida futbolchiga o'xshamas edi"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2015, 11:03
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike yana bir bor yarim himoyachisi Xavi Ernandes haqidagi savollarga javob berdi.

"Xavi haqidagi savollarga javob beraverib charchadim. U muxlislarning muhabbatiga loyiq, ammo yakuniy qarorni futbolchining o'zi qabul qiladi. Xavi jamaomizga kerakligini biladi va uning qarorini hurmat qilamiz. Men u bilan hali bolakay bo'lganida tanishganman, Xavi futbolchiga o'xshamas edi. Endi esa bu futbolchi "Barselona"da eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi" - deydi Luis Enrike.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com