

Klub rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, bosh murabbiy 18talik ro'yxatga Lionel Messi va Ivan Rakitichni ham kiritgan.
To'liq qaydnoma quyidagicha ko'rinishda: ter Shtegen, Bravo, Pike, Rakitich, Buskets, Alves, Inesta, Suares, Messi, Neymar, Maskerano, Munir, Alba, Sandro, Serxi Roberto, Adriano, Vermalen, Matyo.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvi bugun, 21 noyabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.



