

Peti jamoada kataloniyalik va gollandiyalik futbolchilar o'rtasida kelishmovchiliklar bo'lganini aytgan edi.
"Petini so'zlariga tushunmadim. Insonlarning fikrini hurmat qilaman. Men bir necha yil "Barselona"da to'p tepganman va bizning kiyinish xonamizda turli millatlarning o'zaro do'stligi hukm surar edi. Bundan ortig'ini kutib bo'lmas edi. Shu sababli, bu borada hech narsa deya olmayman" - deydi Luis Enrike.



