

Ko'k-anorranglilar ustozi Pedroni jamoaga qaytarish imkonini berishdi, ammo u buni istamadi. Luis Enrike "Selta" hujumchisi Nolitoni "Barselona"ga olib kelmoqchi. Bundan tashqari, Kataloniya klubi safini "Vilyarreal" yarim himoyachisi Denis Suares to'ldirishi mumkin.
Pedro joriy mavsum boshlanishidan oldin "Chelsi"ga o'tgan edi. U Premer-liganing 16 uchrashuvida 2 gol urdi va shuncha golli pas berdi.



