Luis Enrike: Finalga kim chiqsa o'sha jamoaga qarshi o'ynashga tayyormiz

Narzulla Saydullayev
13 may 2015, 07:33
Barselona bosh murabbiyi Luis Enrike YCHL yarim finali javob bahsi doirasidagi Bavariyaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Biz pley-offda osonlik bilan o'ynadik? Bilmadim, men har bir o'yinda hayajonda o'tirdim.

Messi, Neymar va Suaresning golli paslariga kelsak, ular faqat o'zini o'ylamaydigan futbolchlar. Maydonda doim bir birlarini qidirishadi.

Gvardiola o'yindan keyin menga nima dedi? Do'stlari doim bir birlariga omad tilashadi.

Finalda kimga qarshi o'ynashni istardim? Kim finalga chiqsa o'sha jamoaga qarshi, – deydi Luis Enrike.

Eslatib o'tamiz, Barselonaning finaldagi raqibi Real – Yuventus (birinchi o'yin – 1:2) juftligi g'olibi bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru