Lui van Gal: "O'z oldimga doim birinchi bo'lish maqsadini qo'yaman"

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2014, 11:58
"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya klubida o'z oldiga qo'ygan maqsadlarni aytib berdi.
"Doim to'rtinchi emas birinchi bo'lishni maqsad qilaman. Barchasi murabbiyning futbolchilar bilan qanday aloqa qilishiga bog'liq.

Mening falsafam kuchli. Ser Aleks Fergyuson ham o'z oldida ulkan maqsadlarni qo'yib sovrinlar yutgan. Men ham shunday yo'ldan ketishni istayman.

Futbolda oldindan hech narsani vada qilib bo'lmaydi, lekin bor kuchim bilan ishlayman.

Ikki kun ichida qanday buyuk klubga kelganimni tushunib etdim", – deydi van Gal.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru