Lovren “Zenit” safiga qachon kelishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2020, 20:44
Rossiya OAV xabariga ko'ra, “Liverpul” himoyachi Deyan Lovren keyingi hafta peterburgliklar qarorgohiga shartnoma imzolash uchun keladi.

Qayd etilishicha, “Zenit” Lovrenning transferini iyul so'nggi qadar amalga oshiradi. Xorvatiyalik klub bilan 2 yillik shartnoma imzolashi aytilmoqda.

Lovren joriy mavsum APLda 10 ta o'yin o'tkazdi va bitta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24