Loris: "Mourinyu bilan ishlash afzallik beradi"

Mirjalol Normatov
27 apr 2020, 20:19
"Tottenxem" posboni Ugo Loris portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu bilan faoliyati haqida gapirdi.

"OAV doimiy ravishda Mourinyuga nisbatan bosimni oshiraveradi. Biroq u bilan har kuni mashg'ulot qiladigan odamgina qanday afzalliklarga ega bo'lishini biladi.

Joze buyuk jamoalar qatori buyuk futbolchilarning bosh murabbiyi bo'lgan. Uning sovrinlar ham ko'p, tajribasi ham yuqori. Undan juda ko'p narsalarni o'rgansa bo'ladi", - dedi Loris.

Mourinyu faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Inter", "Portu" kabi klublarni boshqargan. "Tottenxem"ga u ushbu mavsumda keldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal