Lorente: "Menimcha Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
Aslanov Jasurbek
9 fev 2016, 17:12
"Sevilya" hujumchisi Fernando Lorente jahonning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligi haqida fikr bildirdi.
"Messi - oddiylardan emas. Menimcha u jahon futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Messining maydondagi harakatlari boshqalarnikidan ajralib turadi. Unga qarshi o'ynab, doimo rohatlanasan" - deydi Lorente.