Lorente: "Liverpul"dan qasos olmoqchiman”

Eldor Akmurzayev
16 sen 2019, 23:55
Napoli forvardi Fernando Lorente YCHLning ilk turi doirasidagi Liverpulga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

“Biz ideal o'yin o'tkazib, g'alabaga erishmoqchimiz. Albatta, xatolardan qochishimiz kerak. Liverpul xatolarni kechirmaydigan ajoyib futbolchilarga ega jamoadir. Menda kuchli g'azab va qasos olish istagi bor. Chempionlar Ligasining (o'tgan mavsum) finalida yutqazish juda ham og'ir edi. Guruhimiz qiyin. Boshqa raqiblar (Zalcburg, Genk) u qadar mashhur emas, lekin, ularni mag'lub etish qiyin bo'ladi. Sababi, CHLda o'ynaydigan har qanday klub kuchli hisoblanadi”, – deya qayd etgan Tottenxemning sobiq a'zosi.

Napoli – Liverpul uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18 sentyabr kuni, soat 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport