Lorente: "Agar "Real" bilan o'yinda xatoga yo'l qo'ymasak, Chempionlar ligasi finaliga chiqa olamiz"

Aslanov Jasurbek
1 may 2015, 15:49
"Yuventus" hujumchisi Fernando Lorente "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final o'yinida turinliklarga oson bo'lmasligini ta'kidladi.

"Real" kabi raqibga qarshi o'yin haqida o'ylamaslik qiyin. Biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak, bu jamoa xatosiz o'ynaydi. Jamoamiz "Real"ga qiyinchilik tug'dirishi kerak. Agar xatoga yo'l qo'ymasak, Chempionlar ligasi finaliga chiqamiz" - deydi Lorente.

Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi uchrashuv 5 may kuni "keksa sinora" maydonida bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 13 mayda o'tishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com