Loran Blan: "Ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni namoyish etdik"

3 okt 2013, 12:15
"PSJ" bosh murabbiyi Loran Blan jamoasining Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yindagi g'alabasidan so'ng, o'yin haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.
"Hisob nuqtayi nazaridan, ushbu o'yinni mavsumdagi eng muvoffaqiyatli o'in deb atash mumkin. Biz o'yinni butunlay o'z nazoratimiz ostida ushlab turdik. Men futbolshchilardan birinchi navbatda doim shuni talab qilaman. Shuning uchun ham bemalol bugun samarali futbol namoyish etdik, deb ayta olaman", deya Blan so'zlaridan "PSJ" rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Manba: football.kulichki.net