Loran Blan: PSJning maqsadi - Chempionlar ligasi finali

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2014, 09:34
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan klub oldiga qo'yilgan vazifalar haqida aytib berdi.
Oldimizda bitta vazifa bor - barcha o'yinda g'alaba qozonish. Raqiblarni hurmat qilamiz, biroq har bir o'yinda maksimal ochko olishni istaymiz.

Fevral oyida biz muhim davrni o'tkazamiz. Bu oyda chempionatda bir qator muhim o'yinlarni o'tkazamiz, shuningdek Chempionlar ligasida ham o'ynaymiz.

Mavsum boshida biz xalqaro musobaqada o'tgan yilgi natijani takrorlashni maqsad qilgandik.

Ammo hozir bizning maqsadimiz - Chempionlar ligasi finali. Faqat ushbu vazifani bajara olsak futbol tarixiga kiramiz, – deydi Blan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru