

Klub ispaniyalik murabbiyning bosh murabbiylikka tayinlanganini e'lon qildi. Shartnoma shartlari ma'lum qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, "Vulverxempton"ning sobiq murabbiyi Brunu Laje 2 oktyabrda iste'foga chiqarilgan edi.
Lopetegi 14 noyabrdan ishga kirishadi. U jamoadagi ilk o'yinini JCH-2022 tanaffusidan so'ng 26 dekabrda o'tkazishi mumkin. O'shanda "bo'rilar" "Everton" bilan uchrashadi.
Xulen bunga qadar "Portu", "Real" va "Sevilya"ni boshqargan. "Vulvs" APLda 13 o'yindan so'ng 10 ochko jamg'argan holda jadvalda 19-o'rinda bormoqda.



