Lopetegi: "Menga Beyl va Ronalduni solishtirish yoqmaydi"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 10:56
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Roma"ga qarshi International Champions Cup-2018 turniri uchrashuvidan (2:1) so'ng, jamoa hujumchisi Garet Beyl o'yini haqida fikr bildirdi.

"Beyl - ajoyib futbolchi. Menga uni Krishtianu Ronaldu bilan solishtirish yoqmaydi, buni sizlarga qoldiraman.

Futbolni boshqacha tushunaman, u "Real"ga borini beradi, "Real" esa u uchun. Garet yaxshi o'ynaydi va u mavsumni yaxshi o'tkazishiga ishonaman.

International Champions Cup turniri yakunlandi. Biz bu vaqtdan yaxshi foydalandik va musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdik deb o'ylayman" - deydi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football