Lopetegi klublardagi faoliyati davomida ilk bor sovrin yutdi

“Sevilya” Yevropa Ligasi finalida “Inter”ni (3:2) engdi va musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.

Bu andalusiyaliklar ustozi Xulen Lopetegi uchun klublardagi faoliyati davomida qo'lga kiritilgan ilk sovrin sifatida tarixga kirdi. Terma jamoalar miqyosida esa Lopetegi Ispaniya yoshlar termasi bilan (U19, U21) 3 marta Yevropa chempionatida g'olib chiqqan.

Ma'lumot uchun, Lopetegi hozirga qadar “Rayo Valekano”, “Kastilya”, “Portu” va “Real Madrid” klublarini boshqargan. Shuningdek, Ispaniya milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan.


Manba: Squawka