Lopetegi JCH-2018ning favoritlarini aytdi

Aslanov Jasurbek
29 may 2018, 15:57
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Rossiyada o'tadigan JCHning favoritlarini aytdi.

"Ko'plab kuchli jamoalarni ko'ryapman. Portugaliya Yevropa chempioni hisoblanadi. Ularni hurmat qilishimiz kerak. Termaning yaxshigina avlodi yetishib chiqmoqda. Germaniya, Angliya va Belgiya ham yaxshigina o'sishga erishdi. Fransiya jangavor tarkibga ega. JCHni yutish uchun da'vogarlar juda ko'p.

Bu galgi JCHning barcha uchrashuvlari qiyin o'tadi. Agarda bir o'yinda yomon o'ynasang, uyga qaytasan", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru