Lopetegi Jazoir terma jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2024, 17:39
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri.

Mutaxassis Jazoir futboli rahbariyati e'tiborini tortdi.

Lopetegi "Vulverxempton"ni tark etgan 2023 yilning avgustidan beri erkin agent maqomida. 57 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Sevilya"ni Yevropa Ligasida g'alaba sari ergashtirdi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionati va yoshlar o'rtasidagi qita chempionligini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Zinedin Zidan Jazoir terma jamoasida ishlashdan bosh tortgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport