Lopetegi: "Beyl Ronaldudan so'ng paydo bo'lgan bo'shliqni to'ldira oladi"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 07:10
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegining fikricha, hujumchi Garet Beyl "Yuventus"ga o'tgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o'rnini to'ldira oladi.

"Ronaldu so'nggi vaqtlarda jamoaning asosiy futbolchilaridan biri edi, ammo u ketishga qaror qildi. Garet "Real"da ekanligidan baxtli. U ko'plab ijobiy sifatlarga ega ajoyib futbolchi. Beyl Ronaldudan so'ng paydo bo'lgan bo'shliqni to'ldira oladi. Hozir unga o'zini ko'rsatish uchun fantastik imkoniyat yaratildi. Bu biz uchun qiziqarli yo'lning boshlanishi" - deydi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC