Lopetegi "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi

Mirjalol Normatov
28 sen 2018, 20:27
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Primeroning 7-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'tgan o'yinning natijasini esdan chiqarishimiz kerak, chunki oldimizda katta chaqiruv bor. G'alabalarni oddiy holat sifatida qabul qilamiz va mag'lubiyatlarda o'zimizni yo'qotib qo'ymaymiz. Keyingi o'yin haqida o'ylapyamiz. Oldimizda og'ir o'yin bor, "Atletiko"ga qarshi maydonga tushishimiz kerak. Unda biz o'zimizning o'yinimizni ko'rsatishimiz darkor. Jamoa buni eplay oladi. Ammo raqib juda ham kuchli. Bahsda ikki jamoaga omad juda ham kerak. "Atletiko"ga qaraganda bir kun kamroq dam oldik, biroq bu haqida o'ylamayapman. Bizda kuch va ishtyohiyoq yuqori. Bunday taqvimda bahona qidirmaslik kerak", - dedi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca