Londonda JCH-2018 Kubogi turnesi start oldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2018, 21:57
Londonda "Coca-Cola" bilan JCH-2018 Kubogi turnesining start olishiga bag'ishlangan rasmiy marosim bo'lib o'tdi.

Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda 32 jamoa qo'lga kiritishni maqsad qilib maydonga tushadigan kubokni jahon bo'ylab sayohatga sobiq Jahon chempionlari angliyalik Jeff Xerst va italiyalik Andrea Pirlolar kuzatib qo'yishdi.


Unda shuningdek, rossiyalik model, teleboshlovchi, "Miss Rossiya - 2003" va JCH-2018 elchisi Viktoriya Lopireva ham ishtirok etdi.


Ma'lumot uchun, Jahon kubogini oldinda 51ta mamlakat va 91ta shahar kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com