Ushbu hamkorlikni imzolash maqsadida “Flitvud Taun” Bosh direktori Stiv Kurvud hamda jamoaning sport direktori Greytar Steynson Toshkentda bo'lib qaytishdi.
Mehmonlar 1 iyul kuni o'tkazilgan “Lokomotiv” - “Navbahor” bahsini kuzatishdi. Shuningdek, ertasi kuni ular uchun “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hamda birinchi liga jamoasi “Lokomotiv-BFK” o'rtasida nazorat uchrashuvi tashkil qilindi. Har bir taymi 30 daqiqadan davom etgan bu o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuv davomida angliyalik mehmonlarga “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilaridan ikki nafarining o'yini maqul keldi. Bular - darvozabon Rustam Nortojiev bilan himoyachi Sergey Proxorov.
Rustam Nortojiev
Ma'lumot uchun har ikkala futbolchimiz ham 1996 yilda tug'ilgan bo'lib, o'zlari ishtirok etgan o'yinlarda ijobiy taassurot qoldirib kelishdi. Endilikda ushbu o'yinchilarimiz uchun yangi bosqich boshlanadi. Shu yilning avgust oyida Rustam Nortojiev bilan Sergey Proxorov Angliyaga yo'l oladi va “Flitvud Taun” safiga borib qo'shilishadi. Futbolchilarimiz u yerda avgust oyining o'zidayoq “Flitvud Taun” klub tarkibida “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Everton” singari mashhur klublar o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishadi. Har ikkala futbolchimiz kamida olti oyni Angliyada o'tkazib, o'z mahoratlarini oshirishadi.
Sergey Proxorov chapda
Hozirdanoq viza va boshqa shunga o'xshash hujjat bilan bog'liq ishlarni hal qilish boshlab yuborilgan. Nasib qilsa, Rustam Nortojiev bilan Sergey Proxorov avgustda “Tumanli Albion”ga jo'nab ketishadi.
“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.