

Temiryo'lchilar o'tgan mavsum Bunyodkor safida harakat qilgan Momchilo Raso bilan kelishuvga erishdi. Chernogoriyalik himoyachi yangi mavsumni Lokomotiv safida o'tkazadi.
Bungacha jamoa Levan Arveladze, Shukron Yo'ldoshev, Rahimjon Davronov va Akaki Shulaya kabi futbolchilarni safiga qo'shib olgandi.



