Lokomotiv yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Khoja
18 dek 2024, 10:52
Toshkentning Lokomotiv jamoasi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Temiryo'lchilar o'tgan mavsum Bunyodkor safida harakat qilgan Momchilo Raso bilan kelishuvga erishdi. Chernogoriyalik himoyachi yangi mavsumni Lokomotiv safida o'tkazadi.

Bungacha jamoa Levan Arveladze, Shukron Yo'ldoshev, Rahimjon Davronov va Akaki Shulaya kabi futbolchilarni safiga qo'shib olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia