“Lokomotiv” usti yopiq inshootda mashg'ulot o'tkazdi FOTO

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2016, 23:00
Jamoaning asosiy tarkibi bugun “Lokomotiv” markaziy jismoniy sport klubiga qarashli usti yopiq zalda mashg'ulot o'tkazdi.


Erta tongdan qor yog'ishni boshlagach, murabbiylar shtabi mashg'ulotni zalga ko'chirishga qaror qildi. Shunga qaramay futbolchilar anchagina ter to'kkanliklarini etirof etish kerak. Ma'lum vaqt davomida qisqa masofani tezlikda to'psiz va to'p bilan bosib o'tish, futbolchining joyidan tezlik olishiga ko'maklashuvchi moslamalar yordamidagi mashg'ulotlar qiziqarli ruhda o'tdi. Quyida mashg'ulotdan olingan fotosuratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

“Lokomotiv” ertaga “Buxoro”ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi belgilab qo'yilgandi. Iqlimning futbol o'ynash uchun ayni paytda tug'dirgan noqulayliklari sabab bellashuv bekor qilindi.

15

 5

 7

 3

 2

 1

 4

 10

 12

 14

 9

 8

 11

 13


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz